1

O`zbekiston MTJning JCh–2018 saralashidagi raqibi Xitoy termasi Islandiyaga mag`lub bo`ldi

Sport 11.01.2017, 10:19
O`zbekiston MTJning JCh–2018 saralashidagi raqibi Xitoy termasi Islandiyaga mag`lub bo`ldi

O`zbekiston milliy terma jamoasining JCh–2018 turniridagi raqibi Xitoy termasi o`zi mezbonlik qilayotgan China Cup–2017 xalqaro o`rtoqlik turniri doirasidagi ilk o`yinini Islandiyaga qarshi o`tkazib, 0:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi.

O`FF matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, Mazkur turnirda ishtirok etish uchun Xitoy terma jamoasi bosh murabbiyi Marchello Lippi 20 nafar yangi futbolchini taklif qilgandi. O`yinning 64-daqiqasida Finbonnason hisobni ochgan bo`lsa, 88-daqiqada Sigurdarson hisobning 2:0 bo`lishini ta`minladi.

Musobaqaning navbatdagi o`yinida Chili va Xorvatiya termalari o`zaro bahs olib boradi. Ushbu bellashuv g`olibi 15 yanvar kuni bosh sovrin uchun maydonga tushadi. Mag`lub bo`lgan jamoa esa Xitoy bilan uchinchi o`rin uchun kurashadi.

JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Xitoy terma jamoasi 2 ochko bilan so`nggi – 6-o`rinni egallab turibdi. O`zbekiston terma jamoasi 9 ochko bilan 3-pog`onada bormoqda. Hisobida 11 ochko bo`lgan Eron guruhda peshqadamlik qilayotgan bo`lsa, Janubiy Koreya 10 ochko bilan 2-o`rindan joy olgan. 

China Cup–2017 xalqaro o`rtoqlik turniri

Xitoy – Islandiya 0:2

Gollar: Finbonnason 64, Sigurdarson 88

Xitoy: 22. Shi Venyi, 13. Deng Xan-ven (2. Bo Jyajun 65) , 5. Yang Shanpin, 6. Gao Junyi, 4. Fan Shiaodon, 15. Shi Junguo , 8. Chay Xuikan, 11. In Xunbo (18. Shin Jongliu 57), 19. Chao Yundin (7. Vang Jinbin 80), 21. Xui Jyakang (20. Van Jinshian 72), 9. Mao Jinting (10. Xu Rentyan).

Islandiya: 1. Xaldorsson, 2. Sevarsson, 14. Arnasson, 5. Foluson, 3. Yonsson (20. Bodvarsson 59), 6. Palsson, 10. Sverisson ( 7. Sigurdarson 73), 18. Byarnason (17. Karlsson), 11. Smarason (9. Finbonnason 59) , 8. Sigurdarson (4. Omarsson 90) , 22. Omarsson (21. Gundmundson 90).

Ogohlantirishlar: Deng Xan-ven (8), Sevarsson (79). 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1