AsosiySalomatlik

Sovuqdan dorisiz davolanamiz!

Qishning nimasi yomon? Sovug`i! Bir qarasangiz, ovozingiz bo`g`ilib, tomog`ingiz og`rib qoladi, yana bir qarasangiz tumov bo`lib, boshingiz ham og`riydi. Ammo, dorixonaga yugurib, bo`lar-bo`lmas dorilarga «falo-o-on» pul sarflashga shoshmang! Xalq tabobati usullari qaysi kuningizga kerak axir?!

 

MOYChEChAK DAMLAB IChING

Choyga limon solib ichish yoki oyoqlarni issiq suvga tiqib o`tirish foyda bermasa darhol moychechakni choy o`rnida damlab iching.

Qarabsizki sizdagi shamollash dardi tezda barham topadi.

Muolaja muddati – bir hafta, kuniga chorak stakandan uch marotaba moychechak damlamasi ichish kifoya.

 

TUMOVDAN QUTULISh UChUN

 Burningiz bitib, tumov bo`lib qolsangiz avvalo bir stakan suvga bir choy qoshiq asal solib iching (kichkintoyingiz shunday ahvolda bo`lsa, burniga ko`krak suti yoki xom sabzining bir necha tomchi sharbatini tomizishingiz mumkin).

Ozgina paxtani navshadil spirtiga xo`llang va goh o`ng, chap burningizga qo`yib hidlang. Tovoningizga yod nastoykasi surib ichiga quruq xantal sepilgan jun paypoq kiyib oling.

Ana shu muolajalarni navbatma-navbat bajarsangiz tumovdan tezda forig` bo`lasiz.

 

YO`TALGANDA TURP DAVO

Qirg`ichdan o`tkazilgan piyoz va olmadan teng miqdorda olib ichiga shuncha asal soling, so`ng aralashtiring. Har kuni bir oshqoshiqdan uch mahal iching. Olma po`stidan quyuq choy damlab ichsangiz ham engillashasiz.

Turp o`rtasini o`yib ichiga asal yoki shakar soling. Kun davomida xushxo`r sharbat ajraladi. Shuni kuniga bir oshqoshiqdan iching.

 

TOMOQ QATTIQ OG`RISA

Bir stakan iliq suvga ikki oshqoshiq tuz, yarim choyqoshiq iste`mol sodasi soling, so`ng ikki-uch tomchi yod tomizing. Kuniga bir-ikki marta tomog`ingizni shu bilan chaysangiz tuzalasiz.

Yana bir muolaja: bir choyqoshiq qirilgan xrenni chorak stakan qaynoq suvga solib, besh-olti soat tindiring. So`ng suzib, iliq holida kuniga uch mahal oz-ozdan ichasiz.

 

ChOYNING FOYDASI KO`P

Qovoqlar yallig`langanda yoki ko`z shamollaganda ko`k va qora choyni aralashtirib damlab yuvish kerak. Me`da va o`n ikki barmoq ichak yarasini tuzatish uchun ko`k choyni achchiq damlab ichib turish kifoya.

Govmichcha chiqqanda bir choyqoshiq ko`k choyni bir stakan qaynoq suvga soling. Issiq holida paxtani botirib govmichcha ustiga qo`ying, darrov tuzaladi.

Avtomobilda yurganda ko`ngil aynisa yoki homiladorlikda ko`ngil behuzur bo`lsa quruq ko`k choyni chaynang.

Shamollab qolganda choyni sut bilan birgalikda ichsangiz terlab darddan forig` bo`lasiz.

Guljamila tayyorladi.

Boshqa yangiliklar