An`anaga ko`ra, yangi yil kechasida Rossiyaning barcha telekanallari mashhur yulduzlar ishtirokidagi bayram ko`rsatuvlarini namoyish etadi, deb xabar berdi “Sosmo.ru” nashri.
31 dekabr kuni Rossiyaning Birinchi telekanalida Alla Pugachyova, Maksim Galkin, Filipp Kirkorov va boshqa yulduzlar ishtirok etgan ko`rsatuv namoyish etildi. Rostov-na-Donu shahrida yashovchi Vadim Manukyan Birinchi kanal rahbariyatiga kelajakda yangi yil ko`rsatuvlarining sifatini yaxshilash bo`yicha petisiya bilan murojaat etdi. U o`z murojaatida Alla Pugachyova ishtirokidagi “V gostyax u primadonn” teleko`rsatuvi hech kimga yoqmaganligini bildirgan va petisiya tagida qoldirilgan izohlar bilan buni isbotlashga harakat qilgan. Ayni paytda mazkur petisiyaga 100 mingdan ortiq odam imzo chekkan.





