O`zbekiston xalq artisti Gulsanam Mamazoitova san`atkor bo`lmaganida kim bo`lishini ma`lum qildi. Xonanda o`zining Instagramdagi sahifasiga joylagan navbatdagi suratiga aynan shu haqda yozdi.
“Agar san`atkor bo`lmaganimda dizayner bo`lardim. Milliy liboslarimizni kiyish, targ`ib qilish menga g`urur va zavq bag`ishlaydi”.

O`zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasi orqali Gulsanam Mamazoitova ijodiy yangiliklari bilan ham o`rtoqlashgan.
Xususan, Gulsanam Mamazoitova xonanda Botir Qodirov bilan birgalikda fevralning 18 sanasida Nyu-Yorkda “Ikki qalbdan minglab qalblarga” nomli jonli ijrodagi konsertini taqdim etishni rejalashtirgan.
San`atkor shuningdek o`zining “Layli” nomli taronasiga remiks ham ishlagan.





