Rossiyaning Saratov shahrida aholi yashaydigan uylardan birida gaz chiqishi oqibatida kuchli portlash ro`y berdi, deb xabar qildi “Tvzvezda.ru” nashri.
Ijtimoiy tarmoqlarga portlash oqibatida keyingi vayronalar aks etgan video joylashtirildi. Unda qutqaruvchilarning voqea joyida olib borayotgan ishlari ko`rsatilgan. Hozircha jabrlanganlar haqida ma`lumot yo`q, 16 kishi voqea joyidan evakuasiya qilingan.
Taxminlarga ko`ra, portlash maishiy gaz oqibatida yuz bergan. Ayni vaqtda o`t o`chiruvchilar tmonidan yong`inni o`chirish ishlari olib borilmoqda. Uydan evakuasiya qilingan 16 kishining 4 tasi yosh bolalardir.
Portlashdan keyin yuz bergan yong`inni o`chirish uchun FVVning 60 dan ortiq xodimi jalb etilgan.





