AsosiyDunyo

“Islom davlati” va “Tolibon” bir-biriga qarshi jihod e`lon qildi

“Islom davlati” terrorchilik guruhi va Afg`onistondagi “Tolibon” radikal terrorchilik tashkiloti bir-biriga qarshi jihod e`lon qildi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri. 

Bu haqda Afg`oniston janubida joylashgan Gelmend viloyati polisiya boshqarmasi boshlig`i Nabijon Mullaheyla ma`lum qildi. Uning ma`lumot berishicha, polisiya guruhlarning o`zaro jihod e`lon qilgani haqidagi hujjatni qo`lga kiritgan. O`tgan yilning avgust oyida AQSh davlat departamenti mazkur guruhlar o`rtasida 2014 yilda qurolli to`qnashuv sodir bo`lganiga qaramay, ularning yarashganligi to`g`risida ma`lum qilgan edi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar