1

Ispaniya Kubogi. “Barselona” baribir chorak finalga chiqdi (Video)

Sport 12.01.2017, 09:20
Ispaniya Kubogi. “Barselona” baribir chorak finalga chiqdi (Video)

Ispaniya Kubogi 1/8 finali javob o`yinida “Barselona” jamoasi o`z madyonida “Atletik Bilbao” futbolchilariga qarshi bahs olib bordi.

Mazkur o`yinda kataloniyaliklar 3:1 hisobida g`alaba qozondi. Uchrashuvning 35-daqiqasida Luis Suares hisobni ochdi. Ikkinchi bo`lim boshida Neymar penaltinidan gol kiritib, hisobni oshirdi.

O`yinning 51-daqiqasida “Atletik” a`zosi Enrik Saborit gol kiritib, hisobni qisqartirdi. Ammo 78-daqiqada Messi jarima zarbasidan gol urib, “Barselona”ning chorak finalga chiqishiga zamin yaratdi.

Eslatib o`tamiz, “Barselona” ilk o`yinda “Atletik”ka 1:2 hisobida mag`lub bo`lgandi.

Ispaniya Kubogi. 1/8 final, javob uchrashuvi

“Barselona” – “Atletik” 3:1

Gollar: 1:0 – 35 Suares, 2:0 – 48, penalti Neymar, 2:1 – 51 Saborit, 3:1 – 78 Messi.

“Barselona” – Sillessen, Pike, Umtiti, Alba, Serdji Roberto, Inesta (Turan, 89), Buskets, Rafinya (Rakitich, 80), Messi, Neymar (D. Suares, 87), L. Suares.

“Atletik” – Iraysos, Balensiaga, Laport, Boveda, Saborit (Susaeta, 79), Benyat, San Xose, Inyaki Uilyams, Eraso, Sabin Merino (Aduris, 46), Echeyta (Elustondo, 30).

Ogohlantirishlar: Echeyta (28), Umtiti (30), Laport (41), Elustondo (73), Benyat (77) , Inyaki Uilyams (90).

Birinchi uchrashuv: 1:2

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1