Rossiyaning Tu-154 samolyoti Qora dengizda halokatga uchragani sabablarini o`rgangan mutaxassislar terakt taxminini mutlaqo istisno qilishdi. Ushbu xulosaga samolyot qoldiqlarining texnik portlash ekspertizasi yakunlanganidan so`ng kelindi. Ayni damda halokatning asosiy taxmini ekipajning xatosi bo`lib qolmoqda.
Samolyot saloniga o`rnatilgan bombaning portlash to`lqini samolyot konstruksiyasiga zarar etkazadi. Ekspertlar halokatni o`rganayotganda bunday holatni topishmadi. Shuningdek samolyot erdan urib tushirilganligiga guvohlik beruvchi hech qanday omil ham yo`q.
Terakt halokatning asosiy taxmini emasligi haqida avvalroq Transport vaziri Maksim Sokolov aytgan edi. Shuningdek FQB ham samolyot bortida terakt yoki qo`poruvchilik alomatlari yo`qligini ma`lum qilgan.
Eslatib o`tamiz, Rossiya Mudofaa vazirligiga qarashli Tu-154 samolyoti Sochi aeroportidan parvoz qilganda Qora dengizga qulagan. 25 dekabrning erta tongida mazkur halokat sabab 92 kishi qurbon bo`lgan. Ularning barchalari Suriyaga yo`l olishgandi.





