Ayni paytda sayohat qilayotgan xonanda Lola ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalari orqali kasbini o`zgartirish niyatida ekanligiga shama qildi.
“Hayotingizda hech shunday bo`lganmi, umr bo`yi bir ish bilan shug`ullanasiz, uni sevasiz, yuksak marralarni va yaxshi natijalarni egallaysiz. Yaxshi daromad topasiz, sizga boshqa hech narsa kerakmasdek, shunchaki oqim bo`ylab suzish va belgilangan yo`nalishda davom etish kerakdek tuyuladi.
Biroq, kunlarning birida anglab etasizki, bu kasb siz kelajakdagi 10 yilda shug`ullanishni, hayotingiz va vaqtingizni bag`ishlashni istagan soha emas.
Siz o`zingizga boshqa nimadir, umuman o`zgacha narsa kerakligini anglaysiz.
Asosiysi esa, siz o`zgarishlardan, o`zingizni boshqa sohada sinab ko`rishdan,ishni noldan boshlashdan, o`sish va yangi sohani egallashdan, oldinga intilishdan, kursni o`zgartirishdan qo`rqmasligingizni tushunasiz. Biz axir sinab ko`rmasdan nimaga qodirligimizni bilmaymiz.
Bu ajoyib tuyg`u, sizga aytsam! Agarda u sizda uyg`ongan bo`lsa, unga quloq tutish kerak. Hayot bizga cheksiz imkoniyatlarni taqdim etadi! Ol, sinab ko`r, g`olib bo`l!”,—deb yozadi Lola Instagram`dagi sahifasida.





