Ispaniya Kubogi nimchorak final javob o`yinida "Real" safarda "Sevilya" mehmoni bo`ldi. Gollarga boy kechgan uchrashuvda 3:3 hisobidagi jangovar durang qayd etildi.
Avvaliga Danilo o`z darvozasini ishg`ol qilib qo`ydi, keyin Asensio hisobni tenglashtirdi. Yovetich va Iborraning gollaridan keyin “Sevilya” katta ustunlikka ega bo`ldi.
Ammo Ramos va Benzema tomonidan kiritilgan gollar madridliklarni mag`lubiyatdan saqlab qoldi va ular mag`lubiyatsiz seriyasini 40 o`yinga etkazdi.
Eng asosiysi esa, “Real” chorak finalga chiqdi. Chunki ilk o`yinda Zidan shogirdlari 3:0 hisobida g`olib bo`lgandi.
“Sevilya” – “Real Madrid” 3:3
Gollar: 1:0 – 10, avtogol Danilo, 1:1 – 48 Asensio, 2:1 – 53 Yovetich, 3:1 – 77 Iborra, 3:2 – 83, penalti Ramos, 3:3 – 90(+3) Benzema.
“Sevilya” – Soriya, Merkado (Vitolo, 65), Rami, Langle, Eskudero, Sarabiya, Iborra, Korrea (Yovetich, 45), Kranevitter, Vetto (Nasri, 55), Ben-Yedder.
“Real Madrid” – Kasilya, Ramos, Danilo, Nacho, Marselo, Asensio, Kazemiro, Kroos, Vaskes (Karvaxal, 64), Dias (Kovachich, 58), Morata (Benzema, 76).
Ogohlantirishlar: Merkado (7), Vaskes (13), Iborra (62), Kovachich (63), Yovetich (72), Kasilya (72), Kazemiro (84), Marselo (88).
Dastlabki uchrashuv: 0:3





