AsosiySport

“Barselona” rahbariyati Messini tanqid qilgan direktorni ishdan haydadi

“Barselona” rahbariyati jamoa direktori Pere Gratakosni klub hujumchisi Lionel Messini tanqid qilganligi uchun ishdan bo`shatdi.

Gratakos o`zining intervyularidan birida: “Barselona” — bu faqat Messi degani emas. U juda muhim o`yinchi, ammo g`alabaga butun jamoa bilan erishiladi. Neymar, Suares, Inesta, Pike va boshqa futbolchilarsiz Messi bunday yuqori darajaga erisha olmagan bo`lar edi”, — degan edi.

Xabarlarga ko`ra, kataloniyaliklar Gratakosni “klub qiziqishlariga to`g`ri kelmaydigan fikr bildirish” bandi bilan ayblab, uni direktorlik lavozimidan ozod qilgan.

    Boshqa yangiliklar