1

Fe`lingiz yomonmi? Davolaning!

Salomatlik 14.01.2017, 10:55
Teglar: Salomatlik, SUGDIYONA
Fe`lingiz yomonmi? Davolaning!

Ba`zan o`z-o`zidan asabiy, ba`zida esa jizzaki bo`lib qolamiz. Yana bo`lar-bo`lmasga yig`lashimizni aytmaysizmi? To`g`ri, bu kabi hissiyotlar atrofimizdagi voqea-xodisalar ta`sirida ham yuz beradi. Ammo ruhshunoslar fikricha organizmdagi o`zgarishlar his-xayajonlarning junbushga kelishiga sabab bo`lar ekan. Quyida evropalik ruhshunoslarning tadqiqotlaridan misol keltiramiz.

Agressiya

To`g`ri tanbeh berishayotganini bilasiz, biroq tezlikda javob qaytarib, suhbatdoshingizni «mot» qilishni istaysiz. Izn berilsa, er bilan bitta qilishga ham tayyorsiz. Ya`ni sizda agressiya alomatlari sezilayapti. Ruhshunoslar bu holatni tez-tez yuzaga keladigan bosh og`riqlari (ko`pincha migren), o`t pufagi, qorin dam bo`lishi yohud ushbu a`zo bilan bog`liq o`zgarishlar hamda tish og`rig`ining asoratidan, deb taxmin qilishadi.

O`zingizni notinch sezishingiz

Ovqat hazm qilish faoliyati, yurak, qon aylanishi tizimidagi buzilishlar hamda et uvishishi sababli yuzaga kelishi mumkin deyiladi. Nimaga havotir olayotganingizni bilmaysiz, lekin ko`nglim notinch, deya qo`lingiz ishga bormaydi.

Quvvatsizlik

Gipotoniya, milklar yallig`lanishi, umurtqa pog`onasidagi og`riq, o`pka va nafas yo`llariga doir kasalliklarda kuzatilishi mumkin.

Xafagarchilik

Agar tushkun kayfiyatingizning sababini tushunolmasangiz quyidagi alomatlarga diqqat qiling. Ehtimol sizda tish bilan bog`liq bezovtaliklar, yurak yoki hazm qilish faoliyati bilan muammolar bordir. Tumov yoki sinusit bo`lmaganmisiz? Tekshirib ko`ring!

Manmanlik

Shunisi qiziqki, ayrim insonlarga xos manmanlik ham ruhiyat va tana salomatligi bilan bog`liq bo`lishi mumkin ekan. Xususan o`z-o`zidan dimog`dor bo`lib qolish bo`g`imlar yallig`lanishi, nafas yo`llari, jigar faoliyatiga doir o`zgarishlarga ishora qilishi mumkin.

Xasad

Kimgadir hasad qilishdan avval jigaringiz, qorin va o`t pufagingiz salomatmi, o`ylab ko`ring. Ruhshunoslar fikricha, aynan ushbu a`zolarda xastalik bo`lganida birovga hasad qilish, boshqalarning yutug`ini ko`rolmaslik tuyg`usi yuzaga kelarkan.

Qoniqmaslik xissi

Turmushingizdan tortib, qilayotgan ishingizgacha qoniqtirmayotgan bo`lsa, yurak, qon aylanish tizimi, migren, nafas yo`llari kasalliklari, umurtqa pog`onasining qiyshayishi hamda ortiqcha vazn kabi muammolarga ahamiyat bering. Ko`pincha mazkur a`zolardagi bezovtaliklar qoniqmaslik hissini keltirib chiqaradi.

Qat`iyatsizlik

Avvaliga hammasi yaxshi ketayotgandi. Biroq ishni tugatay deganingizda o`zingizni qandaydir qat`iyatsiz sezayapsiz. Mutaxassislar bu holat jigar, nafas yo`llari, umurtqa pog`onasi hamda bosh og`riqlari sabab yuzaga kelishi mumkin deyishadi.

Jizzakilik

Tanadagi og`riqlar, uyqusizlik, bosh sohasidagi bezovtaliklar, qon bosimining ko`tarilishi yohud pastlashi shuningdek ovqat hazm bo`lmasligi jizzakalikka sabab bo`lishi mumkin.

Qo`rquv

Bu xis borasida shifokorlar va ruhshunoslarning fikri bo`linadi. Biri qo`rquvning sog`liq bilan bog`liqligi yo`q desa, boshqasi aksini aytadi. Qo`rquv nafas yo`llarining surunkali kasalliklari, bosh og`riqlari, ko`rish va eshitish qobiliyati bilan aloqador o`zgarishlarda uchrashi mumkin ekan.

Hamma narsadan zerikish

Qon aylanish tizimining buzilishi, o`t qopi, teri va sochlar bilan bog`liq o`zgarishlar, shuningdek, organizmning immun tizimi zaiflashganida atrofdagi voqea-xodisalarga nisbatan zerikish xissi kelib chiqadi.

Urushqoqlik

Arzimas narsalarga ham qo`lini musht tugib, ovozini balandlatadigan kishilar bavosil, yurak-qon tomir tizimi, oyoq tomirlarining siqilishi (spazm), buyrak va siydik yo`li kasalliklariga diqqat qilishlari lozim. Mutaxassislar, aynan mana shu a`zolarda aniqlangan xastaliklar janjalkashlikka turtki bo`ladi deyishadi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1