Los-Anjeles sudi aktyorlar Jonni Depp va Ember Xerdlarning nikohini rasman bekor qilish haqida qaror chiqardi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Sud ishlari 8 oy davom etdi.
Jonni Depp agar nikoh bekor bo`lsa, Ember Xerdga 6,8 million dollar to`lashi lozim bo`lgan shartnomani rad etgan edi. Uning bunday qarorga kelishiga Emberning uni zo`ravonlikda ayblagani sabab bo`lgandi. Aktyor sobiq rafiqasining mazkur xatti-harakatini shartnoma shartlarini buzish, deb hisoblagan.





