Ayni damda Moskva shahrida sayohat qilayotgan xonanda Lolaning Instagram`dagi sahifasiga joylayotgan suratlari muhokamalarga sabab bo`lmoqda.
Xonandaning ashaddiy muxlislari mazkur suratlardan uning sevgan insoni Moskvada yashashini taxmin qildi. Ulardan biri Lolaga shu savol bilan murojaat qildi. “Turmush o`rtog`ingiz Moskvada yashaydimi, noyabr oyida ham Rossiyaga borgan edingiz?” degan savolga Lola “Xa” deya javob berdi.

Eslatib o`tamiz, Lola 2016 yil 7 avgust kuni Moskva shahridagi “Bolshoy Kosmos” konsert zalida yakkaxon konsert dasturini taqdim etgan edi.

Xonandaning Instagram`dagi sahifasini muntazam kuzatib boruvchi internet foydalanuvchilariga yaxshi ma`lumki, xonanda 2016 yilning noyabr oyida ham Rossiyaning Moskva shahriga borib kelgan edi.

Xonanda bundan avval ham bir necha bor bo`lajak turmush o`rtog`ini uchratganiga shama qilgan edi.





