1

“Nasaf” Ruminiyaning “Botoshani” klubini mag`lub etdi

Sport 16.01.2017, 11:58
“Nasaf” Ruminiyaning “Botoshani”  klubini mag`lub etdi

“Nasaf” kecha, 15 yanvar kuni yana bir nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Antaliyadagi bugungi uchinchi nazorat uchrashuvida “Nasaf” Ruminiyaning “Botoshani” klubi bilan kuch sinashdi.

Teng kurashlar ostida kechgan uchrashuvda qarshiliklar 1:0 hisobida g`alabaga erishdi. Golni to`purar hujumchi Dragan Cheran kiritdi. Tezkor tashkil etilgan qarshi hujumda Doniyor Narzullaev to`pni Dragan Cheranga  oshirib berdi. Cheran bu vaziyatda darvozani bexato nishonga oldi.

Shunday qilib, Antaliyadagi yangi mavsum tayyorgarliklari mobaynida o`tkazilgan yana bir nazorat uchrashuvida “Nasaf” g`alabaga erishdi. Bundan avvalgi nazorat uchrashuvlarida “Nasaf” Kipr va Ozarbayjon klublari ustidan ham shunday hisobda g`alaba qozongan edi.

Nazorat uchrashuvida quyidagi futbolchilarimiz maydonda harakat qilishdi.

“Nasaf”: Eldorbek Suyunov, Igor Golban, Maqsud Karimov, Najmiddin Normurodov (Akmal Shorahmedov), Doniyor Narzullaev (G`olib G`aybullaev), Sharof Muhitdinov, Odil Hamrobekov (Azizjon G`aniev), Bahrom Abdurahimov (Bobir Abduxoliqov), Islom Rashidxonov (Islom Kenjaboev), Dilshod Xushbakov (Sirojiddin Qo`ziev), Dragan Cheran.

"Nasaf" navbatdagi nazorat uchrashuvini ertaga 16 yanvar kuni Ozarbayjonning yana bir klubi “Sumgait” jamoasiga qarshi o`tkazadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1