AsosiyDunyo

92 yoshli kampirni o`g`li va kelini uzoq yillar davomida iflos cho`chqaxonada saqladi (Video)

Yoshi ulug` insonlarga nisbatan  hurmat-izzatda bo`lish uzoq ming yilliklarga borib taqaladi va bu odat xitoyliklarga ham xosdir, deb xabar beradi “Topfact.su” nashri.

Ammo hamma ham bu an`anaga amal qilmas ekan. Xitoyning Guansi viloyatida iflos cho`chqaxonalardan biridan  92 yoshli kampir topildi. Ma`lum bo`lishicha, uni o`g`li va kelini cho`chqaxonaga qamab qo`ygan.

Qamoqxonani eslatuvchi, iflos  joyda bechora kampir qattiq taxta ustida, eski adyolni yopinib yotgan. Mazkur voqea aks etgan video Xitoy ijtimoiy tarmoqlarida yashin tezligida tarqaldi.

Polisiyachilar qarovsizlikdan eti suyagiga yopishgan Yan familiyali kampirni cho`chqaxonadan ozod etib, davolash uchun mahalliy kasalxonaga yotqizdi. Ayni paytda uning o`g`li va kelinining ustidan surushtiriuv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar