1

“Nasaf” qatorasiga to`rtinchi o`yinda zafar quchdi

Sport 17.01.2017, 08:38
“Nasaf” qatorasiga to`rtinchi o`yinda zafar quchdi

Kecha “Nasaf”  Antaliyada to`rtinchi nazorat uchrashuvida maydonga tushdi. Bu safar jamoaga Ozarbayjonning “Sumgait” klubi raqiblik qildi.

“Sumgait” jamoasi 2010 yili tashkil etilgan bo`lib, 2011 yildan Ozarbayjon premer ligasida ishtirok etib kelmoqda. Jamoaga mahalliy mutaxasis - Samir Abbasov murabbiylik qiladi.

“Nasaf” murabbiylari kechagi uchrashuvda legioner o`yinchilarni maydonga tushirishmadi. Ular dam olishdi va uchrashuvni zaxira o`rindig`ida tomosha qilishdi. 

O`rtoqlik uchrashuvi maqomiga ega bo`lsa ham bugungi uchrashuv kurashlarga boy bo`ldi. Qarshiliklar raqibini 1:0 hisobida mag`lubiyatga uchratdi. Ikkinchi bo`limning 70-daqiqasida maydonga tushgan Sharof Muhitdinov, uchrashuvning 76-daqiqasida “Sumgait” darvozasini ishg`ol qildi. Ushbu golga jamoamizning tajribali hujumchisi Shaxboz Erkinov asisentlik qildi.

Shunday qilib, “Nasaf” o`tkazilgan to`rtta nazorat uchrashuvida ham bir xil – 1:0 hisobida raqiblarini mag`lubiyatga uchratdi. Jamoa navbatdagi nazorat uchrashuvini Ukrainaning “Karpati” jamoasiga qarshi o`tkazadi. Uchrashuv 18 yanvar kuni o`tkazilishi rejalashtirilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1