AsosiySport

Sanjar Shoahmedov “Lokomotiv”ni tark etib, Qatar chempionatiga yo`l oldi

O`zbekistonning amaldagi chempioni va Kubogi sohibi – Toshkentning “Lokomotiv” klubida to`p surgan yarim himoyachi Sanjar Shoahmedov “temiryo`lchilar”ni tark etib, Qatarning “Al-Sayliya” jamoasi bilan shartnoma imzoladi.

“Lokomotiv” matbuot xizmati futbolchining Qatar Yulduzlar Ligasiga o`tganini tasdiqladi. Sanjar Shoahmedov kecha, 16 yanvar kuni tibbiy ko`rikdan muvaffaqiyatli o`tdi va yangi jamoasi bilan 1,5 yilga mo`ljallangan shartnoma imzoladi.

Avvalroq “Lokomotiv”ning boshqa bir futbolchisi – o`tgan mavsumda O`zbekiston chempionati to`purariga aylangan Temurxo`ja Abduxoliqov ham Qatarning “Al-Sayliya” klubi bilan 1,5 yillik shartnomaga imzo chekkan edi.

Ma`lumot uchun, 2016 yilgi mavsuma Sanjar Shoahmedov Oliy Liganing barcha 30 o`yinida maydonga tushib, 7 ta gol urishga muvaffaq bo`lgandi. Shuningdek, yarim himoyachi O`zbekiston Kubogi bahslarida bitta golni o`z hisobiga yozib qo`ygandi.  

    Boshqa yangiliklar