Chexiyaning Cheska-Trshebov shahrida florbol bo`yicha o`tkazilayotgan musobaqa vaqtida sportzalning tomi quladi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.
Voqea musobaqaning birinchi daqiqasida ro`y berdi. Binoning tomi asta-sekin cho`kib, qulagani bois sportzaldagi barcha odamlar binodan qochib chiqishga ulgurdi. Tom batamom qulagandan keyin binoda chiroq o`chdi.
Ma`lumotlarga ko`ra, falokatdan hech kim jabrlanmagan.





