Ispaniya Kubogi chorak final dastlabki o`yinida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Selta” futbolchilarini qabul qildi va 1:2 hisobida mag`lubiyatga uchradi.
O`yinning 64-daqiqasida Aspas hisobni ochgan bo`lsa, 69-daqiqada Marselo chiroyli zarba bilan hisobni tenglashtirdi. 1 daqiqadan keyin “Real” xatosidan unumli foydalangan Kastro “Selta”ga g`alaba keltirgan gol muallifi bo`ldi.
Jamoalar o`rtasidagi javob o`yini “Selta” stadionida bo`lib o`tadi. O`sha o`yindan keyin yarim final masalasi hal bo`ladi.
“Real Madrid” – “Selta” 1:2
Gollar: 0:1 – 64 Aspas, 1:1 – 69 Marselo, 1:2 – 70 Kastro.
“Real Madrid” – Kasilya, Varan, Marselo, Danilo (Benzema, 80), Ramos, Kroos, Kazemiro, Asensio (Morata, 53), Modrich, Vaskes (Kovachich, 71), Ronaldu.
“Selta” – Alvares, Kabral, Kastro, Malo, Ronkalya, Radoya, Dias, Ernandes, Vass (Gvidetti, 89), Bongonda (Sisto, 87), Aspas (Gomes, 82).
Ogohlantirishlar: Ramos (6), Dias (42), Ernandes (45).





