O`zbekiston milliy terma jamoasining 12 fevral kuni Antaliya shahrida Armaniston terma jamoasiga qarshi o`tkazilishi rejalashtirishgan o`rtoqlik uchrashuvi Armaniston futbol federasiyasi tomonidan bekor qilindi.
O`yin milliy terma jamoaning 9–13 fevral kunlari Turkiyada tashkil qilinadigan o`quv-mashg`ulot yig`inlari doirasida o`tkazilishi ko`zda tutilgan edi. Armaniston termasi Turkiyadagi siyosiy barqarorsizlik tufayli u erda yig`in o`tkazishdan bosh tortdi va yuzaga kelgan noqulaylik uchun O`zbekiston futbol federasiyasidan uzr so`radi.
Eslatib o`tamiz, O`zbekiston terma jamoasi JCh–2018 turniriga uchinchi saralash bosqichini 23 mart kuni Suriyaga qarshi safardagi o`yin bilan davom ettiradi.
Ma`lumot uchun, Saralash bosqichi “A” guruhi 5-turidan keyin Suriya 5 ochko bilan 4-o`rinni egallab turibdi. O`zbekiston terma jamoasi esa guruh peshqadami Erondan 2 ochko orqada qolgan holda 9 ochko bilan 3-o`rinni band qilgan.





