AsosiySport

“Barselona” yarim himoyachisi dahshatli jarohat oldi

'“Barselona” yarim himoyachisi dahshatli jarohat oldi'ning rasmi

“Barselona” jamoasi yarim himoyachisi Serxio Buskets “Eybar”ga qarshi (4:0) La Liga 19-turida jiddiy jarohat oldi. Bu haqda Goal nashriga tayanib, "Sports.uz" xabar bermoqda.

Uchrashuvning 10-daqiqasida raqib futbolchisi Busketsning oyog`iga shikast etkazdi va ispaniyalik futbolchi o`yinni davom ettira olmadi. Uning o`rniga zaxiradan Denis Suares tushdi. Aynan Denis ushbu uchrashuvda hisobni ochishga muvaffaq bo`lgandi.

Tibbiy tekshiruvdan so`ng Busketsning to`pig`i chiqib ketgani ma`lum bo`ldi. Uning tiklanib, safga qaytishiga kamida 4 hafta kerak bo`lishi ta`kidlanmoqda.

    Boshqa yangiliklar