Yaqin kunlar ichida O`zbekistonda futbolga ixtisoslashgan yangi telekanal ish boshlaydi. Bu haqda poytaxtning International Hotel Tashkent mehmonxonasida ish boshlagan media-haftalikda ma`lum qilindi.
Yangi telekanal "Futbol TV" deb nomlanadi. Ma`lum bo`lishicha, yangi telekanal “Uzreport” telekanali qoshida tashkil etiladi. Hozirda telekanal rahbariyati faoliyatni boshlash uchun zarur bo`lgan lisenziya va ruxsatnomalarga ega bo`lgan. Ayni vaqtda telekanalning texnik ishlari davom etmoqda.






