AsosiySport

O`zbekiston termasi o`rtoqlik o`yinida Gruziya bilan jangovar durang qayd etdi

'O`zbekiston termasi o`rtoqlik o`yinida Gruziya bilan jangovar durang qayd etdi'ning rasmi

BAAning Dubay shahrida yig`in o`tkazayotgan O`zbekiston milliy terma jamoasi Gruziyaga qarshi o`rtoqlik o`yinida maydonga tushib, 2:2 hisobida durang o`ynadi.

Dubaydagi The Sevens stadionida bo`lib o`tgan uchrashuvning birinchi bo`limi yakunida Eldor Shomurodov hisobni ochishga muvaffaq bo`ldi. O`yinning 69-daqiqasida Teymuraz Shonia muvozanatni tikladi.

77-daqiqaga kelib Saba Lobjanidze Gruziyani oldinga olib chiqdi. 1 daqiqadan keyin Eldor Shomurodov dubl qayd etib, hisobni tenglashtirishga erishdi. O`yinda boshqa gollar kiritilmadi va 2:2 hisobi saqlanib qoldi.

Eslatib o`tamiz, yig`in doirasidagi dastlabki o`yinda yoshartirilgan tarkib bilan harakat qilgan Samvel Babayan shogirdlari Daniya U-23 termasiga mag`lub bo`lgandi.

O`rtoqlik uchrashuvi

Dubay. The Sevens stadioni

O`zbekiston – Gruziya – 2:2

Gollar: Eldor Shomurodov (45, 78) – Teymuraz Shonia (69), Saba Lobjanidze (77)

Chetlatish: Azim Ahmedov (89)

O`zbekiston: Aleksandr Lobanov, Stanislav Andreev, Azim Ahmedov, Islom To`xtaxo`jaev, Davron Hoshimov, Javohir Sohibov, Otabek Shukurov (Salamat Quttiboev, 80), Eldor Shomurodov, Jamshid Iskanderov, Marat Bikmaev (J.Masharipov, 57), Igor Sergeev.

Zaxira: Murodjon Zuhurov, Ignatiy Nesterov, Rustam Ashurmatov, Shuhrat Muhammadiev, Salamat Quttiboev, Jaloliddin Masharipov, Aleksandr Merzlyakov, Vladimir Kozak, Akbar Ismatullaev, Sardor Mirzaev, Shohruz Norxonov, Doston Hamdamov.

Gruziya: Roini Kvasxvadze, Ucha Lobjanidze, David Xocholava, Saba Lobjanidze (G.Xaraishvili, 82), Bachana Arabuli (L.Parunashvili, 57), Budu Zivzibadze, Otar Kiteishvili (G.Papunashvili, 89), Beka Tugushi (V.Dvalishvili, 70), Lasha Sergelashvili (J.Tabidze, 89), Giorgi Rexviashvili, Teymuraz Shonia (O.Mamasaxlisi, 83).

Zaxira: Omar Migineshvili, Oto Goshadze, Tornike Grigalashvili, Jemal Tabidze, Olegi Mamasaxlisi, Georgiy Ganugrava, Vladimir Dvalishvili, Giorgi Kimadze, Lasha Parunashvili, Georgi Papunashvili.

    Boshqa yangiliklar