Toshkening “Paxtakor” jamoasi BAAning Sharja shahrida yig`inini davom ettirmoqda. Bu haqda klub rasmiy sayti ma`lum qildi.
25 yanvar kuni “Paxtakor” Abu-Dabida Rossiya Premer-ligasi ishtirokchisi “Krasnodar”ga qarshi maydonga tushadi.
O`yin Toshkent vaqti bilan 18:00da “NYU Abu Dhabi” ctadionida boshlanadi. Milliy terma jamoa yig`iniga chaqirilgan futbolchilar ertaga mashg`ulotlarga qaytishadi.






