AsosiySport

“Barselona” etakchisiga Qirolicha Sofiya mukofoti topshirildi

'“Barselona” etakchisiga Qirolicha Sofiya mukofoti topshirildi'ning rasmi

Ispaniya terma jamoasi hamda “Barselona” klubi yarim himoyachisi Andres Inesta Qirolicha Sofiya nomidagi mukofotga loyiq deb topildi. Bu haqda AS xabar bermoqda.

“Barselona” faxriysi mamlakat sporti rivojlanishiga qo`shgan hissasi uchun mazkur sovrin bilan taqdirlarndi. Tajribali futbolchi mukofotni Qirolicha Sofiyaning qo`lidan qabul qilib oldi.

Garchi Inesta ushbu mukofotga ega bo`lishi oktyabr oyida ma`lum bo`lgan bo`lsa-da, taqdirlash marosimi 23 yanvar kuni Madriddagi El-Pardo saroyida bo`lib o`tdi.

    Boshqa yangiliklar