Arabiston OAVsining ikki nafar xodimi Suriya hukumati delegasiyasi rahbari Bashar al-Jafarining matbuot anjumanida joy talashib, urishib ketdi.
Arabiston telekanali operatori o`z hamkasbidan kadrdan boshini olib turishni so`radi. U esa hamkasbining iltimosini rad etdi. Avvaliga jurnalistlar arab tilida janjallashdi, so`ngra bir-biri bilan urishib ketdi.
Boshqa nashrlar xodimlari aralashuvi bilan janjal o`z vaqtida bostirildi. Al-Jafari bu hodisaga hech qanday munosabat bildirmadi.