1

“Arsenal” bosh murabbiyini og`ir jazo kutmoqda

Sport 24.01.2017, 16:18
“Arsenal” bosh murabbiyini og`ir jazo kutmoqda

Angliya futbol uyushmasi (FA) “Arsenal” bosh murabbiyi Arsen Vengerni “Byornli”ga qarshi (2:1) o`yindagi xatti-harakatlari uchun jiddiy jazolamoqchi. Bu haqda Daily Mail nashri ma`lum qildi.

Ma`lumotlarga ko`ra, Angliya futbol uyushmasi fransiyalik mutaxassisni kamida uchta o`yinga chetlashtirmoqchi. Murabbiy nafaqat zaxira o`rindig`ida, balki umuman stadion kirish bo`lish huquqidan mahrum etiladi.

Qayd etish kerakki, Arsen Venger “Byornli” bilan kechgan Angliya chempionati 22 -tur uchrashuvining qo`shib berilgan daqiqalarda o`z jamoasi darvozasi tomon belgilangan penaltiga norozilik bildirgan edi. Natijada Venger maydondan chetlatildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1