AsosiyJamiyat

​2017 yilda Samarqand, Toshkent va Qarshi shaharlarida Islom Karimovning haykali o`rnatiladi

'​2017 yilda Samarqand, Toshkent va Qarshi shaharlarida Islom Karimovning haykali o`rnatiladi'ning rasmi

O`zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoev Madaniyat va sport ishlari vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat arxitektura va qurilish qo`mitasi, O`zbekiston Badiiy akademiyasi va Samarqand viloyati hokimligiga birgalikda Samarqand shahrida Islom Karimov dafn etilgan hududda yodgorlik majmuasini barpo etishni topshirdi.

Shuningdek, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bilan birgalikda O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug`anievich Karimov siymosini yaratish bo`yicha xalqaro ijodiy tanlovda g`olib deb topilgan haykallarni mamlakatimiz poytaxti Toshkent shahrida, Islom Karimov tug`ilib o`sgan Samarqand shahrida va u kishi birinchi rahbar bo`lib ishlagan Qashqadaryo viloyatining Qarshi shahrida o`rnatiladi.

2018 yil ohiriacha esa Islom Karimovning haykallari xamma viloyat markazlarida o`rnatilishi ko`zda tutilgan.

Islom Karimovning siymosini yaratish bo`yicha xalqaro ijodiy tanlov 31 martda yakunlanib, g`olib eskiz 10 aprel kun tanlanadi va haykallarni yaratish ustida ish boshlanadi.

Boshqa yangiliklar