1

“Paxtakor” o`rtoqlik o`yinida «Krasnodar»ga mag`lub bo`ldi

Sport 26.01.2017, 08:44
“Paxtakor” o`rtoqlik o`yinida «Krasnodar»ga mag`lub bo`ldi

Toshkentning “Paxtakor” jamoasi BAAdagi yig`inida navbatdagi nazorat uchrashuvida “Krasnodar”dan 0:2 hisobida engildi.

Birinchi bo`limda maydonda teng kurash bordi. Sergeevning zarbasidan so`ng to`p ustundan qaytgan bo`lsa, Smolovning urinishini Lobanov bartaraf etdi. Tanaffusdan keyin jamoalar tarkibida ro`y bergan o`zgarishlar raqib foydasiga ishladi. Bo`lim boshlarida Okriashvili va Jigulyov ikki to`p kiritib, "Krasnodar"ning muvaffaqiyatini ta`minlashdi.

27 yanvar kuni "Paxtakor" navbatdagi nazorat bellashuvini Avstriyaning "Red Bull Zalsburg" jamoasiga qarshi o`tkazadi.

"Paxtakor" – "Krasnodar" - 0:2 (0:0)

25 yanvar. Abu Dabi.

Gollar: Okriashvili 50, Jigulyov 55.

"Paxtakor": Lobanov, Andreev (Avilov), Tojiev, Bulyat, Hoshimov (Alijonov), A.Ahmedov (O`runov), Sohibov (Ismatullaev), Masharipov (Davlatjonov; Nurullaev), Iskanderov (Tolipov), Karimov (Kozak; Mahmudhojiev), Sergeev (Hakimov).

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1