1

“Real” sensasion tarzda Ispaniya Kubogini tark etdi

Sport 26.01.2017, 08:56
“Real” sensasion tarzda Ispaniya Kubogini tark etdi

Ispaniya Kubogi chorak final javob o`yinida “Real Madrid” futbolchilari safarda “Selta” jamoasi a`zolariga qarshi bahs olib borishdi.

Kurashlarga boy kechgan o`yinda 2:2 hisobidagi durang qayd etildi. Lekin bu natija madridliklarni qoniqtirmadi va ular musobaqani tark etdi.

Eslatib o`tamiz, “Santyago Bernabeu”da bo`lib o`tgan bellashuvda “Real” 1:2 hisobida yutqazib qo`ygandi.

“Selta” – “Real Madrid” 2:2 (1:0, 1:2)

Gollar: 1:0 – 44, avtogol Danilo, 1:1 – 62 Ronaldu, 2:1 – 85 Vass, 2:2 – 90 Vaskes.

“Selta – Alvares, Malo, Kastro, Kabral, Ronkalya, Vass (Gomes, 88), Radoya, Dias, Bongonda, Aspas (Fontas, 90), Gvidetti (Xosabed, 84).

“Real Madrid – Kasilya, Nacho, Ramos, Danilo, Kroos, Kovachich, Kazemiro (Dias, 89), Asensio (Vaskes, 76), Isko (Morata, 80), Benzema, Ronaldu.

Ogohlantirishlar: Malo (35), Vass (54), Kastro (72), Danilo (75).

Dastlabki uchrashuv: 2:1

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1