AsosiyJamiyat

​Markaziy bank plastik kartadagi mablag`larni naqdlashtirish masalasini hal qiladi

'​Markaziy bank plastik kartadagi mablag`larni naqdlashtirish masalasini hal qiladi'ning rasmi

Markaziy bank bugungi kunda ko`pchilik fuqarolar uchun muammoli bo`lgan plastik kartalardan naqd pul echish masalasini tartibga solish bo`yicha qator choralarni ko`radi. Bu haqda Markaziy banki departament direktori o`rinbosari Jahongir Abdurasulov Toshkentda bo`lib o`tayotgan harakatlar strategiyasi muhokamasiga bag`ishlangan media-haftalikda ma`lum qildi.

Hozirda ishlab chiqaruvchi kompaniyalar bilan bu yil O`zbekistonga 2000 ta infokioska va 1000 ta bankomat etkazib berish bo`yicha muzokaralar olib borilmoqda. Qurilmalar bank bo`linmalariga, shuningdek, 50 dan ortiq xodimlari bo`lgan kompaniya va korxonalarga o`rnatilishi rejalashtirilgan.

«Bundan tashqari, biz naqd pulsiz hisob-kitob tizimini rivojlantirishni davom ettiramiz. Tez orada respublikadagi mutlaqo barcha savdo va xizmat ko`rsatish nuqtalari terminallar bilan jihozlanadi. Shunda naqd pul olish borasida shov-shuvlar yuzaga kelmaydi», — dedi Markaziy bank xodimi.

Shuningdek, Jahongir Abdurasulov Markaziy bankning shaharlar va qishloq joylardagi mini-banklar sonini oshirish rejalari haqida gapirib berdi. Belgilangan me`yorlarga ko`ra 5 kilometrlik radiusda bitta bank, uning bo`linmasi yoki mini-bank joylashgan bo`lsa, endi radiusni 1 kilometrgacha kamaytirish rejalashtirilmoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar