AsosiyJamiyat

​Toshkent shahar hokimining tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari tayinlandi

'​Toshkent shahar hokimining tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari tayinlandi'ning rasmi

Toshkent shahar hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari etib Nozim Husanov tayinlandi. Bu haqda hokimiyat rasmiy sayti xabar bermoqda.

Viloyatlar, shaharlar va tumanlar hokimiyatlari tuzilmasiga yangi lavozim O`zbekiston Prezidentining 22 dekabrdagi farmoni bilan tadbiq etilgan.

Nozim Husanov 1976 yilda tug`ilgan. O`tgan yilning bahoridan hokimning Toshkent shahar hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmatlar sohasi va tadbirkorlik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimida faoliyat ko`rsatib kelayotgan edi.

2014−2016 yillarda «Mikrokreditbank» ochiq aksiyadorlik-tijorat banki boshqaruvi raisi, 2013−2014 yillarda Tashqi iqtisodiy faoliyat Milliy banki boshqaruvi raisining birinchi o`rinbosari, 2010−2011 yillarda Markaziy bank Toshkent viloyati bosh boshqarmasi boshlig`i lavozimlarida faoliyat olib borgan.

Toshkent avtomobil-yo`llar instituti (1997) va Toshkent moliya instituti (sirtqi bo`lim, 2002) bitiruvchisi.

    Boshqa yangiliklar