1

"Neftchi" bir yo`la uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Sport 28.01.2017, 10:45
"Neftchi" bir yo`la uch futbolchi bilan shartnoma imzoladi

Farg`onaning “Neftchi” jamoasi yangi mavsum avvalida o`z tarkibiga yangi futbolchilarni qo`shib olishda davom etmoqda. Avvalroq farg`onaliklar “So`g`diyona”dan Muzaffar Muzaffarov xamda “Navbahor”dan Akram Bahriddinov singari futbolchilarni o`z safiga jalb etgan edi.

"Neftchi" matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, dekabr oyidan beri “Neftchi” yig`inida ishtirok etib kelayotgan sobiq “Metallurg” futbolchisi Said Abdujabborov “Neftchi” futbol klubi bilan 2 yillik shartnoma imzolaganini rasman ma`lum qilamiz. Qayd etish kerakki, Abdujabborov Farg`ona futboli tarbiyalanuvchisi hisoblanib so`nggi yillarni bekobodliklar tarkibida muvaffaqiyatli tarzda o`tkazib kelayotgan edi.

Shuningdek tajribali hujumchi, Farg`ona futbolining yana bir etakchi a`zosi Mo`ydin Mamazulumov ham “Neftchi” jamoasi bilan 1+1 ko`rinishidagi kelishuvga erishdi.

O`tgan mavsumni ijara asosida “Istiqlol” jamoasi tarkibida o`tkazib Farg`ona shahri jamoasini O`zbekiston chempionati Birinchi ligasiga yo`l olishida o`zining ko`plab gollari bilan yordam bergan umidli va yosh hujumchi Rizo Ayvazov ham jamoaga qaytarildi. To`purar hujumchi esa “Neftchi” jamoasi bilan 2 yillik bitimga imzo chekdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1