AsosiyDunyo

​Buyuk Britaniya qirolichasi Trampni oilasi bilan mamlakatiga taklif qildi

'​Buyuk Britaniya qirolichasi Trampni oilasi bilan mamlakatiga taklif qildi'ning rasmi

Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II AQSh prezidenti Donald Trampni 2017 yilda javob tashrifi sifatida oilasi bilan mamlakatiga taklif qildi, deb xabar berdi “Tvzvezda.ru” nashri.

Qirolichaning taklifini bosh vazir Tereza Mey Trampga etkazdi.

“Buyuk Britaniya qirolichasi Elizaveta II ning sizni oilangiz bilan javob tariqasida 2017 yilda mamlakatimizga tashrif buyurishingiz haqidagi taklifini etkazishni o`zimga sharaf deb bilaman”, dedi Tereza Mey Vashingtonda o`tkazilgan matbuot anjumanida so`zlagan nutqida.

Donald Tramp qirolichaning taklifini qabul qildi va Vashingtonning Britaniya hukumati bilan yaqin hamkorlikni yo`lga qo`yishiga ishonch bildirdi.

    Boshqa yangiliklar