AsosiyDunyo
14742

​AQShda tanasining rangi ikki xil bo`lgan egizaklar tug`ildi

'​AQShda tanasining rangi ikki xil bo`lgan egizaklar tug`ildi'ning rasmi

AQShda juda kam uchraydigan hodisa, tanasining rangi ikki xil bo`lgan egizaklar dunyoga keldi, deb xabar beradi “Onedio.ru” nashri.

Ikki xil irqqa tegishli ota-onadan tanasining rangi ikki xil tug`iladigan egizaklar 500 ta holatdan bittasiga to`g`ri keladi.


AQShning Massachusets shtatida yashovchi Din-Meyerlar oilasida 2016 yilning 23 aprel kuni egizak qizaloqlar dunyoga keldi.


Egizaklarning otasi - Tomas Din afroamerikalik, onasi - Uitni Meyer esa asli kavkazlikdir.


Egizaklarning tug`ilishi ularning ota-onasi uchun syurpriz bo`lgan bo`lsa, qizaloqlar tanasining ikki xil rangdaligi ularni hayratga soldi. Egizaklardan biri otasining, ikkinchisi esa onasining genini olgan.


Ma`lumotlarga ko`ra, ikki xil irqqa mansub ota-onadan bunday egizaklarning dunyoga kelishi 500 tadan bittaga to`g`ri kelar ekan!


Qizaloqlardan birining tana rangi oq, ko`zlari moviy bo`lsa, ikkinchisi esa bug`doyrang va ko`zlari jigarrangdir.


Ikki xil irqqa mansub egizaklarning suratini uning onasi Facebook ijtimoiy tarmog`idagi sahifasiga joylashtirdi. Ular birpasda Internet yulduzlariga aylandi.


Qizaloqlarning ismi Kalani va Jarani bo`lib, ular hozir 9 oylik bo`ldi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Boshqa yangiliklar