Ispaniya chempionati 20-turida Madridning “Real” jamoasi o`z maydonida “Real Sosedad” futbolchilarini qabul qildi.
Mazkur o`yinda madridliklar 3:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvning 38-daqiqasida Mateo Kovachich hisobni ochgan bo`lsa, 51-daqiqada Krishtianu Ronaldu “Real Madrid” ustunligini oshirdi.
Uchrashuvdagi so`nggi goga Alvaro Morata 82-daqiqada mualliflik qildi. Ushbu turda “Sevilya” mag`lubiyatga uchradi va uchinchi o`rinda qolib ketdi. “Barselona” esa kutilmaganda safarda “Betis” bilan 1:1 hisobida durang o`ynab qo`ygandi.
“Real Madrid” – “Real Sosedad” 3:0 (1:0, 2:0)
Gollar: 1:0 – 38 Kovachich, 2:0 – 51 Ronaldu, 3:0 – 82 Morata.
“Real Madrid” – Navas, Varan, Nacho, Danilo, Ramos, Kovachich (Isko, 77), Kazemiro, Kroos, Vaskes (Asensio, 84), Ronaldu, Benzema (Morata, 66).
“Real Sosedad” – Ruli, Martines, Navas, Saldua, Surutusa, Rodriges, Kanales (Granero, 77), Ilyarramendi, Oyarsabal (Vela, 57), Xuanmi, Villian Joze (Prieto, 57).
Ogohlantirish: Martines (6), Kroos (39), Rodriges (71), Vaskes (77).
Chetlatish: Martines (74).






