Buyuk Britaniyada Antonio Banderas kasalxonaga tushdi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.
Nashrning ma`lum qilishicha, aktyor Surreydagi uyidan uzoqda bo`lmagan kasalxonaga yotqizilgan.
56 yoshli Antonio Banderas sport mashg`uloti paytida ko`kragida kuchli og`riqni his qilgan va “Tez yordam” chaqirgan. Aktyorga tekshiruvlardan keyin uyga ruxsat berilgan. Nashr bilan bo`lgan suhbatda aktyor haqiqatan ham mazasi bo`lmaganligini tasdiqlagan, unga tibbiy yordam ko`rsatgan shifokorlarga minnatdorchilik bildirgan.
Antonio Banderas Buyuk Britaniyaga 2015 yilda ko`chib kelgan. Ayni paytda Kobxem shahrida istiqomat qiladi.






