1

​Bo`shashgan, qonayotgan va yallig`langan milkni davolash usuli

Salomatlik 30.01.2017, 14:18
Teglar: Salomatlik
​Bo`shashgan, qonayotgan va yallig`langan milkni  davolash usuli

Ko`pchilik tish yuvayotgan paytda milklarining qonashiga uncha ahamiyat bermaydi. Vaholanki, aynan shu holatdan keyin og`zidan hid kelishidan tortib tish bo`shab qolishi va tushishigacha bo`lgan asoratlar yuz beradi. Bugungi mavzumiz aynan shu muammoga tegishli.

Milk qonashi va bo`shab qolishining sabablari hamda davolash haqida shifokor-stomatolog Shuhrat ERNAZAROV ma`lumot beradi.

SABABLARI AYoNMI?

Milk qonashining sabablari bisyor. Eng ko`p tarqalgani – tish cho`tkasining ta`sirida kelib chiqishidir. Usti chiroyli ammo tuklari qo`pol chyotkada milklar, albatta, aziyat ko`radi. Bu davomiy bo`lsa, milk qonashi va bo`shab qolishi kabi asoratlarni kutavering. Tish cho`tkasini tanlashda stomatolog maslahatiga tayanish kerak. Cho`tkaning tuklari yumshoq, o`zi uncha yirik va katta bo`lmasligi maqsadga muvofiq. Tish ustida tosh paydo bo`ldimi, milkda muammo yuzaga kelishini ham inobatga olish kerak. Bundan tashqari, gormonal buzilishlar – o`smirlar, homiladorlar va yangi tuqqan ayollarda ham milk qonashi ko`p kuzatiladi. Bu erda nafaqat stomatolog, balki endokrinolog yordami kerak bo`ladi.

VITAMIN ETIShMASLIGI BO`LMASIN

Organizmda A va S vitamini etishmasligi ham tish va milklardagi muammoga olib keladi. Buning oldini olish uchun sariq va yashil rangdagi meva va sabzavotlarni xomligicha iste`mol qiling.

QANDLI DIABET. NAHOTKI?!

Ba`zan milk qonashi qandli diabet boshlanishining ilk belgisi hisoblanadi. Agar stomatologdagi davo kor qilmasa, albatta endokrinolog tekshiruvidan o`ting.

SINAB KO`RING

1. Eman po`stlog`i yoki moychechak damlamasida kuniga ikki mahal ertalab va kechqurun og`izni chayish kerak. Bu usul tishdagi tosh kasalida yordam qiladi va milklardagi qonni tez va samarali to`xtatadi.

2. Maxsus gel va milk uchun tindirmalarda og`iz bo`shlig`ini har soatda chayishni kanda qilmang.

3. Maxsus gimnastika yordamida milklarni mustahkamlashga ham diqqat qarating. Bu usul milkda qon aylanishining yaxshilanishiga yordam beradi. Og`izni katta ochib-yopasiz. Tilni tanglayga tegizib, uni ortga suring, shu holatda og`izni yana ochib-yoping. Qo`llarni stolga quyib iyakni unga tirang. Shu holatda og`iz ochib-yopiladi. Tishlarni tozalagach, og`izga iliq qaynatilgan suv olib, 3 daqiqa davomida chaying. Bu muolaja milklarni mustahkamlab, qonashni to`xtatadi. Yana milklarni ko`rsatkich barmoq yordamida aylantirib, uqalash ham yaxshi natija beradi. Keyin milklarni yuqori-pastga qaratib, barmoqlar yordamida uqalash kerak. Tishlarni tez-tez bir-biriga urish, olma, sabzini qarsillatib chaynash ham tishlar uchun foydali.

4. Bir chimdim tuz va yarim choy qoshiq iste`mol sodasi va 4 dona faollashtirilgan ko`mir tabletkasini maydalang. Tishni yuvgandan keyin cho`tkaga aralashmadan soling-da, tishlarni yaxshilab tozalang. Aralashmani barmoq yordamida milklarga surtib, 5 daqiqadan keyin yuvib tashlang. Muolaja kuniga 2 mahal 2 hafta davomida amalga oshirilsa, milk qonashi va qimirlab qolishidan tez kunda halos bo`lasiz.

5. Yana bir nafi tegadigan usul archa ignasi yaxshilab yuvilib, 5 daqiqa davomida chaynaladi. Archa ignasi o`rniga bargizub bargini ozroq so`litib, chaynalsa ham xudi shunday ta`sir ko`rsatadi. Vodorod peroksid tindirmasi va achchiq tosh aralashmasida og`iz bo`shlig`i chayilsa, tish va milk muammolari hal bo`ladi.

Barno HOJIMIRZAEVA tayyorladi.

Sharhlar

Buyrak xastaliklari kimlarda ko`proq uchraydi? Shifokor javob berdi

06.08.2021, 17:47

CCV Matbuot xizmati buyrak etishmovchiligi qanday xastalik ekani va uni bartaraf etishda mamlakatimiz tibbiyoti nimalarga qodirligi haqida Respublika shoshilinch tibbiy yordam ilmiy markazi bo`lim rahbari,...
YuTINGANDA QULOQ OG`RIG`I?!

26.12.2017, 13:12

— Uch yashar o`g`lim ovqat chaynab yutayotganida qulog`ini ushlab, og`riyotganini aytdi. Shifokorga ko`rsatsam, otit deb tashxis qo`ydi. Bu qanday kasallik? Uni uyda davolasa bo`ladimi? Nazira...
DIATEZ QAYTALAMASIN DESANGIZ…

26.12.2017, 13:08

— Emizikli chaqalog`im ekssudativ diatez kasalligi bilan og`rigandi. Hozir sog`aygan bo`lsa-da, ayrim taomlarni iste`mol qilganimda uning badanida qizg`ish dog`lar paydo bo`ladi. Go`dakda diatez qaytalamasligi uchun...
FARZANDINGIZNI MAKTAB KASALLIKLARIDA ASRANG!

26.12.2017, 11:36

Uzoqni ko`ra olmaslik;skolioz (umurtqa pog`onasining qiyshayishi);gastrit;ruhiy-asab tizimi buzilishlari kabilarni maktab kasalliklari sirasiga kiritish mumkin. Statistikaga ko`ra, har besh bolaning biri umurtqa pog`onasi muammolaridan qiynalsa, har...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1