Xabaringiz bor, ertaga 31 yanvar kuni Toshkent shahridagi “Bunyodkor” stadionida “Nasaf” hamda Baxraynning “Al-Hidd” jamoalari o`rtasida, OChL-2017 saralash uchrashuvi bo`lib o`tadi.
Bugun bo`lib o`tgan har ikkala klub rasmiylari ishtirokidagi yig`ilishda jamoalar ertaga bo`ladigan uchrashuvda qanday futbolkalarda maydonga tushishi kelishib olindi.
- “Al-Hidd” ustozi Muhammad Al-Shamlan: “Nasaf”ni yutish biz uchun sensasiya bo`lmaydi
- Ro`ziqul Berdiev: “Al-Hidd” himoyadan o`ynaydigan kuchli jamoa sanaladi
Unga ko`ra, “Nasaf” jamoamiz oq futbolkada, mehmonlar – “Al-Hidd” jamoasi esa ko`k futbolkalarda maydonga tushadilar. Eslatib o`tamiz, uchrashuv ertaga soat 16:00da boshalanadi.






