AsosiyDunyo

​Ivanka Trampning qimmatbaho libosi bahs-munozaralarga sabab bo`ldi

'​Ivanka Trampning qimmatbaho libosi bahs-munozaralarga sabab bo`ldi'ning rasmi

AQShda muhojirlar masalasi dolzarb muammo bo`layotgan bir paytda Ivanka Trampning qimmatbaho libos kiygani qizg`in bahs-munozaralarga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Gazeta.ru” nashri.

Etti musulmon mamlakati (Eron, Iroq, Yaman, Liviya, Suriya, Somali va Sudan) fuqarolari va muhojirlarining AQShga kirishi taqiqlangani Shtatlarda noroziliklarga sabab bo`ldi.

Ivanka Tramp turmush o`rtog`i Jared Kushner bilan narxi 5 ming dollarlik ko`ylak kiyib tushgan suratini ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirdi. Uning bu harakati foydalanuvchilarning noroziligiga sabab bo`ldi. Chunki mamlakatdagi muhojirlarning hayoti qil ustida turganda uning liboslarini ko`z-ko`z qilishi foydalanuvchilarning g`azablanishiga sabab bo`ldi.


Boshqa yangiliklar