“Paxtakor” yarim himoyachisi Jaloliddin Masharipov faoliyatini “Lokomotiv” klubida davom ettiradi. Bu haqda “Paxtakor” matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Paxtakor” tarbiyalanuvchisi sanalgan Jaloliddin Masharipov “Lokomotiv”ga 6 oyga ijaraga berildi. Hozirgacha u jamoa uchun oliy ligada 64 uchrashuvda ishtirok etib, 10 gol muallifiga aylangandi.
Shuningdek, “Paxtakor” uchun ichki kuboklarda 16 bahsda 1 to`p kiritgan bo`lsa, Chempionlar ligasida 12 bahsda 1 gol muallifi bo`lgan.






