AsosiyDunyo

​Dryu Berrimor teleefirda uchta dunyo rekordini “o`rnatdi”

'​Dryu Berrimor teleefirda uchta dunyo rekordini “o`rnatdi”'ning rasmi

Aktrisa Dryu Berrimor to`rt daqiqali efir davomida, Jimmi Fellonning The Tonight Show shousida uchta dunyo rekordini o`rnatdi, deb xabar berdi “Lenta.ru” nashri.

U 22 soniyada 10 nafar yigit va qizning labini bo`yadi, keyin 10 ta qog`oz bannerni yugurgancha yirtib o`tdi va 2 metr sochga ega bo`lgan parikni kiyishga ulgurdi.

Dryu Berrimorning rekordlarini Ginnesning rekordlar kitobiga uning vakili tomonidan qayd etilib, aktrisaga diplom topshirildi.

Aktrisaning hazil rekordlari aks etgan videorolikni YouTube da bir milliondan ortiq ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari tomosha qildi.


    Boshqa yangiliklar