Ko`chada uxlashga odatlangan britaniyalik millioner Marko Robinson Lankashir grafligi, Preston shahridagi to`liq jihozlangan uch xonali kvartirasini uysiz-joysiz odamga tekinga berishga qaror qildi, deb xabar berdi “Mir24.tv”nashri.
Kvartiraning narxi 120 ming funt sterling (150 ming AQSh dollari)dir. Ayni paytda 48 yoshli Robinsonning butun er yuzida 150 ta hashamatli uyi bor. U shu yo`l bilan bir paytlar o`zi qiyin vaziyatga tushib qolganda, yordam bergan odamlarning qarzini qaytarishni niyat qilgan.
Millioner mazkur loyiha doirasida hujjatli filmni suratga olmoqda. U olti hafta mobaynida kvartira beriladigan, uy-joyga, bexatar yashashga muhtoj odamni aniqlashga qaror qildi.
Uyga yoshi 18 dan oshgan odam da`vogarlik qilishi mumkin. Ular o`zi va mummosi haqida Robinsonga ikki abzasdan iborat xat yozib yuborishlari talab qilinadi.






