AsosiyDunyo

​Evrovideniyaning logotipi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo`ldi

'​Evrovideniyaning logotipi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilarning kulgisiga sabab bo`ldi'ning rasmi

kraina “Evrovidenie-2017” qo`shiq tanlovining logotipini taqdim etgandan keyin mazkur logotip ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining kulgisiga sabab bo`ldi, deb xabar berdi “Ria.ru” nashri.

Ijtimoiy tarmoqlar “Ukraina Evrovideniyasi logotipida shinani ko`rish mumkin”... “Bu oshqovoqmi yo xitoy fonarchasimi? Axmoqona logotip”... “Logitipdan ko`ra ko`proq rogaliki shirinligiga o`xshaydi”... kabi izohlarga to`lib-toshdi.

Yuqoridagi izohlar bilan logotipning ta`rifi tugamadi. Kimdir uni Yuliya Timoshenkoning mashhur soch o`rimiga ham o`xshatdi.


Umuman olganda mazkur logotip hech kimga yoqmadi.

Ukrainaning “Birinchi milliy telekanal”i logotipga ukrain ayollarining qadimiy milliy munchog`i va tumori asos qilib olinganini ma`lum qildi.

“Evrovideniya-2017” tanlovining finali 13 may kuni Kiev shahrida o`tkazilishi rejalashtirilgan.


    Boshqa yangiliklar