“Kelgindi kelin”, “Kelgindi kuyov”, “Panoh”, “Qalbim o`g`risi”, “Sotqin” kabi filmlardagi betakror ijrosi bilan o`zbek kino san`atida alohida o`rin tutgan aktyor Farruh Soipov hozir nima bilan band? U san`atni tark etdimi? Shu kabi savollar Farruh Soipovning ijodiga bee`tibor bo`lmagan har bir insonni qiziqtirishi tabiiy.
“Sayyod” nashrining ma`lum qilishicha, aktyor Farruh Soipov san`at olamini tark etgan. “Sotqin” filmi uning ishtirokidagi so`nggi film bo`lgan.
Farruh Soipov ayni paytda tijorat bilan shug`ullanmoqda. Nashr Farruh tijoratning aynan qaysi turi bilan shug`ullanayotganiga aniqlik kiritmagan. Farruh Soipovning o`g`il va qiz farzandlari bor.