AsosiySport

Muhammad Al-Shamlan: Mag`lubiyatdan fojia yasash kerak emas

'Muhammad Al-Shamlan: Mag`lubiyatdan fojia yasash kerak emas'ning rasmi

Osiyo Chempionlar Ligasi–2017 turnirining o`tish bosqichida “Nasaf” jamoasi 4:0 hisobida Bahraynning “Al-Hidd” klubini mag`lubiyatga uchratdi. O`yindan keyin tashkil etilgan matbuot anjumanining birinchi qismida “Al-Hidd” ustozi Muhammad Al-Shamlan ishtirok etdi.

“Nasaf” jamoasini bugungi g`alaba bilan tabriklayman. Raqib kuchli o`yin namoyish qildi va kerakli natijaga erishdi. Biz uchrashuv boshidan o`yin tizginini yo`qotdik, natijada esa yirik mag`lubiyatniqabul qildik. “Nasaf” bilan savif jihatida bir xil ekanimiz haqida aytgan gaplarim hazil edi, bu futbolchilarimni ruhiyatini ko`tarish uchun aytilgan gaplar. “Nasaf” hech qanday imkoniyat qoldirmadi va haqli ravishda g`alaba qozondi. Futbolda hatto “Real” ham mag`lubiyatga uchraydi, shuning uchun bundan fojia yasash kerak emas. O`z ustimizda ko`proq ishlashimi kerak”, – dedi Muhammad Al-Shamlan.

Eslatib o`tamiz, mazkur g`alabadan keyin “Nasaf” jamoasi pley-off bosqichiga yo`l oldi. Qarshiliklar guruh bosqichi yo`llanmasi uchun 7 fevral kuni safarda Saudiya Arabistonining “Al-Fotih” klubiga qarshi kuch sinashadi.

    Boshqa yangiliklar