“Kayrat” yarim himoyachisi Andrey Arshavin to`rtinchi bor ota bo`ldi. Futbolchining turmush o`rtog`i Alisa 30 yanvar kuni o`g`il farzand dunyoga keltirdi, deya xabar beradi Star Hit.
Arshavinning birinchi turmushidan uch nafar farzandi bor — Artyom, Yana va Arseniy. Alisa uchun esa chaqaloq uchinchi farzand bo`ldi.
Arshavin va Alisa Kazminaning to`yi 2016 yilning 1 sentyabr kuni bo`lib o`tgan.