1

"Lokomotiv" Antaliyada 4 ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Sport 01.02.2017, 10:20
"Lokomotiv" Antaliyada 4 ta o`rtoqlik uchrashuvi o`tkazadi

Yangi mavsumga tayyorgarlikning navbatdagi bosqichini Antaliyada olib borayotgan "Lokomotiv" 13 fevralga qadar shu erda bo`ladi. Bu orada "temiryo`lchilar" to`rtta o`rtoqlik o`yinida ishtirok etishadi.

Klub matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, dastlabki sinov-nazorat bahsi 3 fevral kuni Turkmanistonning "Oltin Asr" jamoasiga qarshi kechadi. Keyin 6 fevralda futbolchilarimiz Bosniya va Gersegovinaning "Saraevo" FK klubi bilan kuch sinashishadi.

Keyingi ikkita bahs esa Qozog`iston va Ukraina jamoalari bilan bo`ladi. 10 fevralda "Ordabasi", 12 fevralda esa "Zarya"ga qarshi nazorat bellashuvini o`tkazadi.

"Lokomotiv"ning Antaliyadagi o`rtoqlik o`yinlari:

3 fevral. "Lokomotiv" - "Oltin Asr"

6 fevral. "Lokomotiv" - FK "Saraevo"

10 fevral. "Lokomotiv" - "Ordabasi"

12 fevral. "Lokomotiv" - "Zarya"

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1