Andijonda Oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy muhitni o`rganish bo`yicha respublika ishchi guruhining maqsadi, uning faoliyati uchun zarur sharoitlar yaratish, belgilangan ishlarni samarali tashkil etish masalalariga bag`ishlangan yig`ilish bo`lib o`tdi, deb xabar beradi O`zA.
Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoevning mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo`ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo`nalishlariga bag`ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi “Tanqidiy tahlil, qat`iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo`lishi kerak” nomli ma`ruzasida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta`minlash bo`yicha oilalardagi ijtimoiy-iqtisodiy va ma`naviy muhitni o`rganish maqsadida qator mas`ul tashkilotlar vakillaridan iborat ishchi guruh tashkil etilib, viloyatlarda ish boshladi.
Ishchi guruh o`z faoliyatida aholining ijtimoiy-iqtisodiy ahvolini, intellektual darajasini, oilalardagi ma`naviy muhitni aniqlash, joylardagi muammolarni o`rganish, ularni bartaraf etish bo`yicha zarur chora-tadbirlar ko`rish, yuqori darajada hal etiladigan masalalar yuzasidan takliflar ishlab chiqish, oilalar daromadini oshirish bo`yicha fikrlarni o`rganib, zarur amaliy yordam ko`rsatish, kasb-hunar kollejlari bitiruvchilari bandligini ta`minlash, davlat va jamoat tashkilotlarining doimiy hamkorligini yanada mustahkamlash kabi qator masalalarni atroflicha o`rganadi.
Ayni paytda Respublika ishchi guruhi a`zolari rahbarligida viloyatning barcha tuman va shaharlarida tashkil etilgan guruhlar tomonidan belgilangan ishlar reja asosida olib borilmoqda.